O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov “Daryo” internet-nashri uchun eksklyuziv intervyu berdi. Intervyuni jurnalist Feruz Muhammad tashkillashtirdi.

Foto: “Daryo”

Suhbat davomida Ozodbek Nazarbekov sobiq “O‘zbeknavo” estrada birlashmasi tomonidan litsenziyasi suniiy ravishda olib qo‘yilgani haqida gapirib berdi.

2003-yillar bo‘lsa kerak, ‘O‘zbeknavo’ estrada birlashmasi tomonidan suniiy ravishda litsenziyamiz tugatilgan edi. Bu holat uch oymi, olti oymi davom etgan.

Suniiy deganim qaysi ma’nodaki, bu holat o‘sha davrdagi ‘O‘zbeknavo’ rahbarlari tomonidan ishlab chiqilgan strategiya bo‘lgan. Bu hech qanday siyosiy yoki boshqa bir sababdan bo‘lmagan.

Keyinchalik buning ba’zi bir sabablarini topganmiz. Bir bor shunday holat bo‘lgan, bundan boshqa bunday masalalarga duch kelmaganman.

Ozodbek Nazarbekov, O‘zbekiston Respublikasi madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari