• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “O‘g‘li elektrik, qizi psixolog, kelini esa qorovul”. Kitob tumanidagi maktab o‘qituvchilari direktor tanish-bilishchilikni avjiga chiqarganidan shikoyat qilmoqda

    Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanida yashovchi Nasimjon Baratov va uning hamkasblari “Daryo” tahririyatiga murojaat qilib, o‘zlari faoliyat yuritayotgan 37-maktab direktori Lobar Rahimova tanish-bilishchilikni avjiga chiqarganidan nolidi. Ularning aytishicha, maktabda “revizor”ga deb o‘qituvchilarning avgust oyi ish haqidan millionlab so‘m mablag‘ ushlab qolingan.

    Foto: “Daryo”

    Panji qishlog‘ida yashovchi o‘qituvchilar murojaatini o‘rganish maqsadida Kitob tumanida bo‘lgan “Daryo” muxbiri Otabek Qo‘ldoshevning yozishicha, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi ham Lobar Rahimova rahbarligidagi umumta’lim maktabida direktorning 2 nafar o‘g‘li, kelini va qizi ishlab kelganini tasdiqlagan.

    Nasimjon Baratov. Foto: “Daryo”

    — Maktabimizda adolatsizliklar juda ko‘p, — deydi maktabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Nasimjon Baratov. — Masalan, joriy yil avgust oyida o‘tkazilgan audit tekshiruvini yopish uchun 14 nafar o‘qituvchidan 2 million so‘mga yaqin pul ushlab qolindi.

    O‘qituvchi Mohigul Rahmatovaning “Daryo” muxbiriga ma’lum qilishicha, uning maoshidan ham kattagina summa ushlab qolingan.

    Mohigul Rahmatova. Foto: “Daryo”

    — Avgust oyi ish haqimdan 325 ming so‘m ushlab qolingan ekan, — deydi Mohigul Rahmatova. – Sababini so‘rasam, hisobchimiz Shoira opa Ergasheva “reviziyani yopish uchun” dedi.

    O‘qituvchi Gulsara Ashurova ham avgust oyi ish haqidan ushlab qolinganligini aytar ekan, “reviziya” haqida unga hech kim hech narsa demaganini bildirmoqda.

    Gulsara Ashurova.

    Gulsara Ashurova.
    Foto: “Daryo”

    — Avgust ish haqimdan 955 ming so‘m ushlab qolishgan edi, — deydi Gulsara Ashurova. — Sababini so‘rasam, adashibmiz deyishdi. Sentabr oyida oylik ish haqimga qo‘shib o‘tkazib berishlarini aytishdi. Sentabr oyida olgan maoshim 1 million 800 ming so‘m. Ya’ni o‘zgarish yo‘q. Demak, hali pulimni berishmadi.

    “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan qolgan 20 nafarga yaqin o‘qituvchi ish haqidan ushlab qolishmagani, “reviziyani yopish” haqida eshitishmaganini aytishdi.

    Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Maqsud Panjiyevning 2019-yil 27- sentabr kuni murojaatchi Nasimjon Baratovga yo‘llagan javob xatida yozilishicha, 2019-yil 1-avgust kuni boshqarmaning ichki audit va moliyaviy nazorat xizmati xodimlari ushbu maktabda tekshiruv o‘tkazgan. Tekshiruvda 1 million 610 ming so‘m kamomad aniqlangan.

    Foto: “Daryo”

    Murojaatchi Nasimjon Baratovning “Daryo” muxbiriga aytishicha, maktab direktori 2 nafar o‘g‘lini elektrik, qizini psixolog, kelinini esa qorovul sifatida ishga olgan.

    — Direktorimiz maktab transformatori hamda elektr shiti qayerda joylashganini bilmaydigan o‘g‘illarini elektrik sifatida ishga qabul qilgan, — deydi Nasimjon Baratov. — Elektr shiti qayerda joylashganini bilmaydigan kishi maktabda yillab ishlaganiga qanday ishonish mumkin?

    Qashqadaryo viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mas’ullarining ma’lumot berishicha, maktab direktori Lobar Rahimova 2015-yil 1-iyun kuni 14-sonli buyruq chiqarib, o‘g‘li Shukurov Komilni elektrik sifatida ishga qabul qilgan. 2016-yil 1-dekabr kuni o‘g‘li Komilni ishdan bo‘shatib, o‘rniga 9-sonli buyruqqa asosan ikkinchi o‘g‘li Quvonchbek Shukurovni elektrik qilib tayinlagan. So‘ngra elektrik shtati qisqargani bois, 2017-yil 1-dekabr kuni Quvonchbek Shukurov ham ishdan bo‘shatilgan.

    — Komil Shukurov bizning maktabda elektrik sifatida ishlab yurgan kezlari qishlog‘imizdagi kollejda ham faoliyat yuritgan, — deydi Nasimjon Baratov. — Kollejda ham mas’ul vazifada ishlagan. Maktabga deyarli kelmagan. Ammo oylik ish haqini olib yuravergan. Quvonchbek Shukurov esa bizda ishlab yurgan payti talaba sifatida oliygohda o‘qirdi. Xo‘sh, endiyam ishonish mumkinmi o‘sha elektriklar maktabga kelgani va ishlaganiga?

    O‘qituvchilarning aytishicha, direktorning kelini Surayyo Saidova ham maktabda qorovul sifatida ishga qabul qilingan va ishga kelmasdan oylik oladi.

    — Ayol kishi qorovul sifatida ishga olingan, — deydi o‘qituvchilar. – Qanday qilib yosh bolali ayol maktabni qo‘riqlashi mumkin?

    Foto: “Daryo”

    Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mas’uli Maqsud Panjiyevning ma’lumot berishicha, haqiqatan ham maktab direktori 2018-yil 1-noyabr kundagi buyrug‘iga asosan kelini — Saidova Surayyoni 0,5 stavka shtat birligida qorovul sifatida ishga olgan. Murojaatchilar shikoyatiga asosan bu aniqlangach, kelin 2019-yil 31-avgust kuni ishdan bo‘shatilgan.

    — Direktorimizning kelini 0,5 stavkada ishlasa-da, 577 ming so‘mdan oylik olib kelgan, — deydi Nasimjon Baratov. — Hujjatda yarim stavka ko‘rsatilib, to‘liq shtat bo‘yicha oylik to‘langan. Buni qanday tushunish kerak?

    Maktab direktorining ma’lumot berishicha, maktab qorovuliga yarim stavka uchun 220-230 ming so‘m miqdorida maosh to‘lanishi kerak.

    — Haqiqatan ham kelinim Saidova Surayyoni yarim stavkada qorovul sifatida ishga olganman, — deydi Lobar Rahimova. — Kelinim har kuni ishga kelgan.

    O‘sha kuni “Daryo” muxbiri bilan muloqot qilgan o‘qituvchilarining barchasi direktorning o‘g‘illari hamda kelini Surayyo Saidovaning maktabga biror marta bo‘lsa-da, kelib-ketganini ko‘rmagani, hatto o‘g‘illarining elektrik sifatida ishlaganidan endi xabar topayotganini bildirdi.

    Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi mas’ullarining so‘ziga ko‘ra, maktab direktorining qizi Nilufar Shukurova haqiqatan ham maktabda 0,5 stavka shtat birligida psixolog sifatida ish yuritadi. Bu haqda maktab direktorining 2018-yil 5-sentabrdagi buyrug‘i bor.

    — Qizimning psixolog sifatida maktabimizda ishlashi bu noto‘g‘ri xatti-harakat emas-ku, — deydi maktab direktori Lobar Rahimova. —O‘qituvchi bo‘lib dars berish barobarida, psixolog sifatida ham ish yuritishi yomonmi?

    Maktab direktori hamda 20 nafar o‘qituvchi ishtirok etgan muloqotda pedagoglar rahbarini attestat sotishda ham aybladi.

    — Qo‘shni Chinor qishlog‘ida yashovchi Shahrizod Mahmatqulov yakuniy imtihonlarni ham topshirmay attestat olib ketdi, — deydi Nasimjon Baratov. — O‘sha o‘quvchi o‘quv yili boshida 5 kun, o‘quv yili o‘rtasida 1 kun va yakunida ham 1 kun o‘qib, osongina hujjatli bo‘ldi.

    Matematika fani o‘qituvchisi Gulsara Ashurova qing‘ir-qiyshiq yo‘l bilan attestat olgani aytilayotgan Shahrizod Mahmatqulovga o‘z fanidan baho qo‘ymaganini va imtihonga ham kiritilmaganini aytib, o‘quvchining qanday qilib attestat olganidan ajablanmoqda.

    — Shahrizod Mahmatqulov sinf jurnalida yo‘qligi va darslarga umuman qatnashmagani sabab baholari yo‘qligini aytib, yil yakunidagi imtihonga kiritmadim, — deydi Gulsara Ashurova. — Bu haqda direktorga ham bildirdim. Imtihonga qo‘ymasligimni aytdim. Shunday bo‘lsa-da, mening imtihonimdan o‘tolmagan o‘quvchi attestat olib ketgan.

    O‘qituvchilarning aytishicha, bitta imtihondan o‘tolmagan yoki imtihonga qo‘yilmagan o‘quvchi keyingi imtihonlarga qo‘yilmasligi kerak.

    Maktab direktori ushbu holatni izohlar ekan, “o‘quvchi darsga kelgan va qatnashgan”, deyishdan nariga o‘tmadi.

    Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi xulosasida esa ushbu o‘quvchi attestati qonuniy ekanligi, Shahrizod Mahmatqulov 11-B sinf jurnalidan qayd qilinganligi, uning darsga muntazam qatnashmagani xususida esa mas’ullarning bildirishnomasi yo‘qligi yoziladi.

    Turgan gapki, boshqarmaning ushbu javobi o‘qituvchilarning hafsalasini pir qildi.

    Maktab o‘qituvchisi Dilshoda Tog‘ayevaning aytishicha, direktor Lobar Rahimova o‘qituvchilarga rag‘bat puli yozib, ma’lum bir miqdorini o‘ziga oladi.

    — Menga 700 ming so‘m rag‘bat yozib, 200 ming so‘mini o‘zi olib qo‘ydi, — deydi Dilshoda Tog‘ayeva. — Bermagunimcha, qayta-qayta so‘rayverib, holi-jonimga qo‘ymadi. Axiyri berdim.

    Dilshoda Tog‘ayevaning gapini eshitgan direktor buni rad etdi. Qolgan o‘qituvchilar esa “Daryo” muxbirining “Siz bilan ham shunday holat kuzatilganmi?” deya bergan savoliga sukut saqlashdi.

    37-maktab o‘qituvchilarining noroziligiga sabab bo‘lgan voqealardan yana biri hududdagi kollejdan bo‘shagan binoda tashkil etilgan 91-maktabga ushbu maktab o‘quvchilarining jalb etilishi hamda Lobar Rahimovaning o‘g‘li direktor etib tayinlanishi bo‘ldi.

    Mavzuga doir: “Qishlog‘imizda 9 ta maktab bor, ammo birorta bog‘cha yo‘q”. Panjiliklar Prezidentga murojaat e’tiborsiz qolayotganidan nolimoqda

    — Xalq ta’limi bo‘limidagilar “91-maktabni ixtisoslashtirilgan maktab qilamiz”, deyishgandi, — deydi Lobar Rahimova. — O‘qituvchilarimiz agar ushbu maktab ixtisoslashtirilgan bo‘lsa, hamma o‘quvchi yoppasiga shu yerga o‘tib ketishidan qo‘rqmoqda. Qolaversa, ixtisoslashtirilgan maktab ochilgach, murojaatchi Nasimjon Baratovning shaxsiy o‘quv markazi ham qadrini yo‘qotishi mumkin. Ular shundan cho‘chimoqda.

    Tuman xalq ta’limi bo‘limi mas’uli Anvar Umarovning ta’kidlashicha, haqiqatan ham 91-maktab ixtisoslashtirilgan maktab bo‘lishi mumkin. Shunday rejalashtirilgan. Ammo maktab katta yo‘l ustida joylashgani sabab o‘quvchilarning maktabga kelib-ketishi biroz xavfli.

    — Shuning uchun ham tuman hokimi hududni borib ko‘rib, yo‘l qilib berishini aytgandi, — deydi Anvar Umarov. — Ammo hali yo‘l qilinmadi.

    Matematika fani o‘qituvchisi Mavjuda Rahimjonovaning “Daryo” muxbiriga ma’lum qilishicha, maktabdagi adolatsizliklardan hafsalasi pir bo‘lgan o‘qituvchilar Prezident portaliga murojaat qilishgach, tuman xalq ta’limi bo‘lim mas’ullari Avloqul Avloyev hamda Anvar Umarov maktabga kelib, ularni murojaatlarini rad etuvchi tushuntirish xati yozishga majburlagan. Ammo o‘qituvchilar yozmagan.

    Haqiqatni aytishga chog‘langan kishini bo‘g‘ish, hududda bo‘layotgan nohaqliklardan rahbarlarni ogohlantirishga urinishlarni yo‘qqa chiqarish bugungi kunda samara bermasligini ayrim rahbarlar yo tushunmayapti, yo tushunishni istamayapti. Yoki aynan shu kabi murojaatlarga shunchaki javob berish uslubi qo‘llanmoqda.

    “Daryo” maqolada tilga olingan holatlar bo‘yicha mas’ullardan izoh kutib qoladi.

    14.10.2019, 09:37   Izoh (0)   53025
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Surxondaryodagi maktabda sinf xonalari yetishmasligi sabab darslar 4 smenada o‘tilmoqda

    14.10.2019, 09:07

    Toshkentda bir necha kishiga Nexia-3’ni sotishga uringan firibgar qo‘lga olindi

    13.10.2019, 16:21

    Andijonda mashinalarni “tonirovka” qilish uchun soxta ruxsatnoma tayyorlagan shaxslar qo‘lga olindi

    13.10.2019, 14:47

    Senat: Mehribonlik uylarini tamomlagan yoshlarning 44,1 foizi ishsiz

    13.10.2019, 14:05

    O‘zbekistonda shakar narxi oshadimi?

    13.10.2019, 13:23

    Nodira Qodirovaning akasi: “Deputat Shirin Unal menga pul taklif qildi”

    13.10.2019, 12:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Freestyle Chess Grand Slam. Abdusattorov va Sindorov musobaqadagi ishtiroki uchun qancha mukofot olgani ma’lum bo‘ldi

    Sport | 19 iyul, 10:00

    Namanganda islomiy davlat qurishni targ‘ib qilganlar qo‘lga olindi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 09:50

    Instagram: Tug‘ilgan kunini nishonlayotgan Yasmin Zoitova, yangi mashinali bo‘lgan Ra’no Shodiyeva, qaynonasiga iPhone sovg‘a qilgan Afruza

    Madaniyat | 19 iyul, 09:31

    Rossiyalik bolalar dam olish uchun O‘zbekistondagi oromgohga keldi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 09:14

    “Real” Rodrigoning kelajagi borasida muzokara boshladi

    Sport | 19 iyul, 08:57

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.