Kogonda kelin qaynonasiga teshgishli bo‘lgan jami 29 700 000 so‘mlik 11 turdagi tilla-taqinchoqlarni o‘g‘irlab ketgan.
Buxoro viloyati IIBning ma’lum qilishicha, olib borilgan tezkor surishtiruv harakatlarida jinoyatni shu manzilda yashovchi, fuqaro S.M.ning kelini — 1995-yilda tug‘ilgan A.S. sodir etgani aniqlangan. Ashyoviy dalillar tegishli tartibda to‘liq hujjatlashtirib olingan.
Holat yuzasidan A.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi tegishli bandlari bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)