Futbol bo‘yicha Angliya chempionatining 8-turida 5-oktabr, shanba kuni navbatdagi 4 ta bahs nihoyasiga yetdi.
Turning markaziy o‘yinida Yurgen Klopp boshchiligidagi “Liverpul” “Enfild”da Brendan Rojers boshqaruvidagi “Lester”ni qabul qildi.
Uchrashuvning 40-daqiqasida “qizillar” hujumchisi Sadio Mane Jeyms Milnerning uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, 80-daqiqaga kelib “tulkilar” yarim himoyachisi Jeyms Meddison hisobni tenglashtirdi (1:1). O‘yinning so‘nggi daqiqalarida hakam tomonidan mehmon jamoa darvozasi tomon penalti belgilandi va undan Milner unumli foydalanib, jamoasiga g‘alaba keltirdi (2:1).
Mazkur g‘alabadan so‘ng musobaqa jadvalida yetkachilik qilayotgan “Liverpul” ochkolari sonini 24 taga yetkazib oldi. “Lester” esa 14 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi.
APL
8-tur bahslari
5-oktabr, shanba
“Byornli”—“Everton” 1:0
Gol: 1:0 — 72 Xendrik“Liverpul”—“Lester” 2:1
Gollar: 1:0 — 40 Mane, 1:1 — 80 Meddison, 2:1 — 90+5, penalti Milner“Norvich”—“Aston Villa” 1:5
Gollar: 0:1 — 14 Uesli, 0:2 — 30 Uesli, 0:3 — 49 Grilish, 0:4 — 61 Xurixeyn, 0:5 — 83 Duglas Luis, 1:5 — 87 Drmich“Uotford”—“Sheffild Yunayted” 0:0
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)