So‘nggi yangiliklar Asosiy yangiliklar Eng ko‘p o‘qilgan
O'zb
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng

Daryo.uz Daryo.uz

  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
So‘nggi yangiliklar
    • USD 12305.17
    • RUB 131.98
    • EUR 13278.51
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      -0°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    Daryo logo white Daryo logo dark

    • Mahalliy
      • Mehridaryo
      • Boshqalar
    • Markaziy Osiyo
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
      • Afg'oniston
    • Dunyo
    • Pul
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
      • Biznes
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
    • Kolumnistlar
    • Multimedia

    Daryo.uz Daryo.uz

    Mahalliy

    Qashqadaryoda Birinchi xalqaro anor festivali boshlandi

    27.09.2019, 19:13 18307

    26-sentabr—1-oktabr kunlari Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidagi Varganza qishlog‘ida birinchi xalqaro “Anor” agrofestivali bo‘lib o‘tadi. Festival ochilishi arafasida OAV vakillari qatorida “Daryo” xodimlari ham Qashqadaryoga jo‘nab ketdi.

    Tadbir O‘zbekiston Prezidentining 2018-yil 13–14-dekabr kunlari Qashqadaryo viloyatiga tashrifi davomida Shahrisabz shahrini festivallar shahriga aylantirish bo‘yicha topshirig‘i yuzasidan o‘tkazilmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    27-sentabr, juma kuni festival ishtirokchilari Qashqadaryo xalqaro investitsiya forumiga tashrif buyuradi. Shuningdek, jurnalistlar va xorijiy mehmonlar Shahrisabzning diqqatga sazovor joylari bilan tanishtiriladi.

    Tadbirning eng ahamiyatli qismida Shahrisabrzning Koba tarixiy qadamjosida Italiyaning Kazerta shahri meri va Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rtasida turizm sohasidagi hamkorlik memorandumini imzolash marosimi bo‘lib o‘tadi.

    Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi va Qashqadaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan festival kunlari Shahrisabz shahri va Kitob tumanida birinchi turizm qishlog‘ining ochilish marosimi ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

    28-sentabr, shanba kuni Anor festivali Varganza qishlog‘ida bo‘lib o‘tadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Anor festivaliga 15 ta xorijiy mamlakatdan mehmonlar kelishi kutilmoqda. Sayyohlar va OAV vakillari Varganza qishlog‘idagi anorzorga borib, mevalarni terish imkoniyatiga ham ega bo‘ladi.

    Ma’lumot o‘rnida, 20 ming kishi istiqomat qiladigan Varganza butun respublikaga o‘z anori bilan mashhur. Qishloqda anor eksporti bilan shug‘ullanuvchi 30 nafar tadbirkor faoliyat yuritadi. Ayni paytda qishloqda ming gektar maydonda anor mavjud bo‘lsa, shundan 350 gektari fermer va dehqon xo‘jaligi egalariga tegishli. Qolgani qishloqda yashovchi aholi tomorqasida ekilgan.

    Yuqoridagilardan tashqari dasturdan “Kitob kenglik” observatoriyasiga sayohat, Yakkabog‘da ko‘pkari, kurash musobaqalari hamda milliy liboslar namoyishi o‘rin olgan.

    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    × Lightbox Image

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda kuzatilayotgan sovuq havo anomal darajaga o‘tadimi? Iqlimshunos javob berdi

    Bugun, 00:05

    O‘zbekiston aeroportlarida ayrim parvozlar jadvali o‘zgartirildi

    Kecha, 23:50

    Namanganda yigit o‘z uyidan mashinani yashirincha olib qochgani aniqlandi (video)

    Kecha, 23:30

    AQSH Yaqin Sharqda zudlik bilan o't ochishni to'xtatish bo‘yicha chaqiriqlarni qo‘llab-quvvatlamadi

    Kecha, 23:15

    “Shu ishni o‘ziga kasb qilib olganlar ham bor” — Bandixon hokimi boqimandalik haqida

    Kecha, 23:05

    O‘zbekistonlik 400 nafar hamshira Germaniya klinikalarida ishlash uchun yuboriladi

    Kecha, 23:00

    Yoqib yuborilgan shayton, reydda halok bo‘lgan falastinliklar, firibgarlikda ayblanayotgan sobiq prezident — 8-dekabr suratlari

    Kecha, 22:45

    Portugaliya prezidenti hukumatni iste’foga chiqardi

    Kecha, 22:42

    Guterrish: “HAMASning shafqatsizligi barcha falastinliklarni jazolash uchun asos emas”

    Kecha, 22:30

    Yil boshidan buyon 94 nafar jurnalist o‘ldirildi, 400 ga yaqini qamoqda

    Kecha, 22:22

    Tavsiya etamiz

    Ruhiy xasta ota-onasiga qarayotgan bemor yigit xalqdan yordam so‘ramoqda (video)

    11:00 / 08.12.2023

    Politsiya otib o‘ldirgan talaba qiz, AQSH-Meksika chegarasidagi migrantlar, Dakkadagi tirbandlik — 7-dekabr suratlari

    23:00 / 07.12.2023

    Yoqib yuborilgan shayton, reydda halok bo‘lgan falastinliklar, firibgarlikda ayblanayotgan sobiq prezident — 8-dekabr suratlari

    22:00 / 08.12.2023

    “Zo‘rTV” jurnalisti va operatorini kaltaklagan zo‘ravonga hukm o‘qildi (video)

    17:00 / 06.12.2023
    Daryo

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.