YeIB va O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bu haqda tegishli memorandum imzoladi. Hujjat qiymati 100 million dollarlik investitsion dasturlarning boshlanishini ko‘zda tutadi. Mazkur loyiha Orol dengizini qayta tiklash bo‘yicha xalqaro harakatlarni birlashtirishga imkoniyat yaratadi.
Ushbu mablag‘lar Amudaryoning irrigatsion tizimini modernizatsiyalashga hamda bu tumanda qishloq xo‘jaligi ekinlarini qayta tiklashga yo‘naltiriladi.
O‘zbekiston va Qozog‘iston chegarasida joylashgan Orol dengizi 1960-yilga qadar hududi bo‘yicha dunyoning eng yiriklari orasida to‘rtinchi bo‘lgan. So‘nggi 55 yilda Orol hududi deyarli uch baravar qisqardi, suv sathi 29 metrga pasaydi va suv hajmi esa 15 karra kamaydi, uning tuzlanganlik darajasi oshib, baliqlar esa nobud bo‘ldi.
Izoh (0)