NASA olimlari koinotda bo‘lib-qaytgan odam tanasida qanday o‘zgarish yuz berishi bilan bog‘liq tadqiqot o‘tkazish uchun egizak aka-ukalarni tanlab oldi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, 340 kunni koinotda o‘tkazgan Skott yerda qolgan ukasi Markdan besh santimetr balandroq bo‘lib qaytgan. Solishtiruvlar egizaklar DNKsida genetik tafovut aniqladi.
Weill Cornell Medicine kolleji dotsenti, tadqiqotchi Kristofer Meyson astronavt koinotga chiqishi bilan minglab genlarda o‘zgarish kuzatilishini aytib, yerga qaytgan astronavt o‘zgarishlar bir necha kun yoki haftalar davom etishi mumkinligini ma’lum qilgan. Skottning koinotda bo‘lgani DNKga bo‘lgan ta’sir masalasini olimlar hamon o‘rganmoqda.
Izoh (0)