Germaniyaning Audi kompaniyasi Frankfurtdagi 68-xalqaro avtomobil ko‘rgazmasiga Audi Al:Trail elektromobilini olib keldi. Uning asosiy o‘ziga xos jihati — faralarning yo‘qligida, deb yozadi Meduza.

Foto: Meduza

Avtomobil konsepsiyasi mualliflari faralar o‘rnini LED elementlari bo‘lgan beshta uchburchak dron bajaradi, deb hisoblaydi.

Ular mashina oldida uchadi hamda yo‘lni yoritadi va o‘rnatilgan kameralar yordamida haydovchi oldidagi ekranga yo‘lning tasvirini yuboradi.

Ishlab chiqaruvchi Al:Trail’ni yo‘ltanlamas sifatida tasniflamoqda. Uning salonida yirik gabaritli yuklar uchun joy ko‘zda tutilgan. Orqa o‘rindiqlar yotqizilsa, avtomobil belanchakka aylanadi. Dronlardan esa portativ yoritgich sifatida foydalanish mumkin.

Ushbu avtomobil komplektatsiyasida hatto binokl ham mavjud.

Bir marta quvvat oldirilganida avtomobil tekis yo‘lda 400-500 kilometr, o‘nqir-cho‘nqir yo‘llarda esa 250 kilometrgacha masofa bosishi mumkin.

Avtomobilda avtopilot ham mavjud bo‘lib, u faqat maxsus yo‘llarda ishlaydi. Ushbu avtomobil qachondir savdoga chiqariladimi, yo‘qmi noma’lum.