Yaponiya atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Yosiaki Xarada “Fukusima” atom elektr stansiyasidagi radioaktiv suvning bir qismini okeanga oqizishga to‘g‘ri kelishi mumkinligini ma’lum qildi, deb xabar berdi “Kommersant.ru”.

Foto: Reuters

“Fukusima” AESni boshqaruvchi “Terso” kompaniyasi stansiya 2011-yilda zilzila va sunami oqibatida zarar ko‘rganidan so‘ng yadro reaktorini sovutish uchun ishlatilgan bir millionga yaqin suvni to‘plashga muvaffaq bo‘ldi.

Yaponiya atrof-muhitni muhofaza qilish vazirining so‘zlariga ko‘ra, 2022-yilda kompaniyaning radioktiv suvni saqlashga mo‘ljallangan rezervuar uchun joyi qolmaydi.

Hozirgi vaqtda radioktiv suv AESdan uncha uzoq bo‘lmagan masofada joylashgan maxsus rezervuarlarda saqlanmoqda.

Xarada ushbu masala o‘ta jiddiyligi hamda u mamlakat hukumati muhokamasiga kiritilishini ma’lum qildi.

O‘z navbatida, Vazirlar Mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga matbuot anjumanida Xaradaning okeanga radioaktiv suvni oqizish haqidagi variantini “faqat uning shaxsiy fikri” deb baholadi. Hozirgi vaqtda hukumat vaziyat bo‘yicha ekspertlarning hisobotini kutmoqda va uning natijalari bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinadi.