“O‘zavtosanoat” aksiyadorlik jamiyatining bir guruh mutasaddi shaxslari mukofotlandi. Bu haqdagi ma’lumot Korporativ axborot yagona portalida joylashtirilgan.

Foto: “O‘zavtosanoat” AJ

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 6 oyi yakunlari bo‘yicha “O‘zavtosanoat” kuzatuv kengashi a’zolarining har biri 11,1 million so‘mdan, reviziya komissiyasi a’zolari esa har biri 3,3 million so‘mdan mukofot olgan.

Kompaniya ishchi guruhi “O‘zavtosanoat” rahbariyati faoliyati samaradorligini birinchi chorak yakuni bo‘yicha integral koeffitsentda 99 (yetarlicha samaradorlik), birinchi yarim yillik yakuni bo‘yicha esa 80,4 (o‘rtacha samaradorlik) baholagan.

Shu munosabat bilan “O‘zavtosanoat” boshqaruvi raisi 8,8 million so‘m, uning ikki o‘rinbosari esa har biri 8,3 million so‘mdan mukofotlangan.

Shuningdek, 2018-yilni kompaniya 103 milliard so‘m sof foyda bilan yakunlagani ma’lum bo‘ldi.