10-sentabr, seshanba kuni Gruziya tashqi ishlar vaziri David Zalkaliani boshchiligidagi delegatsiya Toshkent shahriga keladi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.
Tashrif dasturida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatida, Vazirlar Mahkamasida va Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Mazkur muzokaralarda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ilmiy-texnik, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilish rejalashtirilgan.
Gruziya delegatsiyasi O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlarda ham ishtirok etadi.