Podpolkovnik Bred Xoul boshchiligidagi AQSh harbiy aviatsiya delegatsiyasi 9-sentabr, dushanba kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida AQSh vertolyot va transport aviatsiyasi mutaxassislari tog‘li hamda sahro hududlarida, turli iqlim sharoitlarida, shuningdek, tungi vaqtlarda tungi ko‘rish moslamalaridan foydalangan holda parvoz qilish masalalarni muhokama qildi.
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamentidan ma’lum qilishlaricha, tashrif davomida AQSh delegatsiyasi vakillari Chirchiq garnizonida o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda nazariy bilimlarni amaliyotda tatbiq etishi rejalashtirilgan.