2019/2020-o‘quv yili boshiga oliy ta’lim muassasasi statistik hisobotining yangi shakli tasdiqlandi.
“Kunduzgi ta’lim shaklidagi bakalavriat talabalarining kurslar, ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha taqsimoti” yillik hisobot shaklining 1-bo‘limiga tuzatishlar kiritildi.
Unda quyidagilar ham ko‘rsatilishi lozim:
to‘lov-kontrakt asosida o‘qigan bakalavriat bitiruvchilarining nechtasi egallagan bilimlari yoki o‘xshash ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ishga joylashganligi, shuningdek, boshqa faoliyat sohasiga ishga joylashganlar soni;
grant asosida o‘qigan va ishga yo‘llanma olgan bakalavriat talabalarining nechtasi berilgan yo‘llanma bo‘yicha ishga joylashganligi.
Izoh (0)