Ispaniya terma jamoasi hamda “Barselona” sobiq ustozi Luis Enrike oilasi yo‘qotishga uchradi.
Enrikening 9 yoshli qizi oqqon bilan bo‘lgan 5 oylik kurashdan so‘ng vafot edi. Bu haqda murabbiyning o‘zi Twitter’dagi sahifasida xabar qoldirdi.
“Bizning qizalog‘imiz Ksana oqqonga qarshi kechgan 5 oylik kurashdan so‘ng 9 yoshida vafot edi. Ushbu vaqt davomida bizga bo‘lgan muhabbatlarini ayamagan barchaga minnatdorchilik bildiramiz. Ksana, biz seni sog‘inamiz. Ammo seni kelajakda yana ko‘rish umidida har doim yodimizda tutamiz. Sen bizning yo‘lchi yulduzimiz bo‘lib qolasan”, — deya yozadi Enrike.
Ma’lumot uchun, Enrike Ispaniya terma jamoasini bosh murabbiyligidan iyun oyida oilaviy sabablar tufayli bo‘shashga majbur bo‘lganligi xabar qilingadi. Hozirda terma jamoani uning yordamchisi Robert Moreno boshqarib turibdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)