Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonlik Guli Muradovaga uylangan britaniyalik lord Muhammad Iltaf Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivaliga taklif etilgan faxriy mehmonlar safida bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda.

Foto: Guli Shayx (Murodova)

Foto: Guli Shayx (Murodova)

Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida mehmonlarni qutlab, Britaniya parlamenti lordlar palatasi a’zosi Muhammad Iltaf shayxni ham O‘zbekistonda ko‘rishdan mamnunligini bildirib, minnatdorlik bildirgan.

Britaniyalik lord, multimillioner Muhammad Iltaf o‘zidan 45 yosh kichik bo‘lgan o‘zbekistonlik Guli Murodovaga uylangach, internet olamida mashhur bo‘lib ketgandi. Kimdir bu juftlik ittifoqini “ma’lum manfaat ko‘zlangan nikoh” deya ta’riflagan bo‘lsa, yana kimdir ularga chin yurakdan baxt tilagan.

Aytish joizki, Muhammad Iltaf O‘zbekistonda bundan avval ham bir necha marotaba bo‘lgan va respublikadagi rahbarlar bilan uchrashgan. Xabarlarga ko‘ra, lord Buyuk Britaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash ishlarida faol ishtirok etib keladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda benzin narxlarini sun’iy oshirgan AYOQSHlarga tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilindi
Dunyo
Armanistonda 25 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila, Yaponiyaning Perl-Harborga hujumi va Janubiy Koreya qamoqxonasida 40 yil o‘tirgan KXDR fuqarosi. Kun xrono...
Sport
JCH—2022 da barcha chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi