Kamerun sohillarida yo‘lovchi kemasi cho‘kib ketishi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi.

Foto: EPA

Nigeriyadan Kamerunga yo‘l olgan kema bortida ekipaj bilan birga jami 132 kishi bo‘lgan. Ularning 4 nafari nigeriyalik, 107 nafari esa kamerunlik dengizchilar tomonidan qutqarib olingan.

Qutqaruv operatsiyasi hozir ham davom etmoqda. Avariya sabablari ayni paytda ma’lum emas.