Chexiyaning janubi-sharqida joylashgan Brno shahar shifoxonasi vrachlari bir necha oy davomida miya o‘limi tashxisi qo‘yilgan homilador ayolning hayotiy muhim funksiyalarini qurilmalar yordamida saqlab turdi va kesarcha kesish yo‘li bilan sog‘lom bola dunyoga keltirildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qiladi.
Hozirda vazni 2,1 kilogramm tug‘ilgan qizaloq politsiyachi bo‘lgan otasining nazorati ostida. Onasi vafot etgan chaqaloqning oilasini qo‘llab-quvvatlash uchun jamoat mablag‘lari yig‘ish kampaniyasi boshlandi.
Shifoxona vakili Pavel Jaraning so‘zlariga ko‘ra, u ayolda homiladorlikning 16-haftasida miya o‘limi tashxisi kuzatilgan. Ammo shifokorlar uning hayotiy funksiyalarini hech bo‘lmaganda 24-haftaga qadar, chaqaloq hayotga layoqatli deb hisoblangan paytgacha qurilmalar bilan ushlab turishga qaror qilgan.
Shifoxonaning ma’lumotlariga ko‘ra, shu paytgacha dunyoda 10 ga yaqin holatlarda shifokorlar homilador ayollarga miya o‘limidan so‘ng sog‘lom bolalarni tug‘ishga yordam berganligi qayd etilgan. Ammo tug‘ruqdan so‘ng bu ayollar vafot etgan.
Izoh (0)