Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Andijonda o‘zini viloyat ichki ishlar boshqarmasida tergovchi lavozimda ishlashini aytib, fuqarolarni qo‘rqitib, tovlamachilik qilib yurgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Andijon viloyat IIB matbuot xizmati

Foto: Andijon viloyat IIB matbuot xizmati

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yil 25-iyundan 16-avgust kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida “Sardor” deb tanishtirgan fuqaro o‘zini viloyat IIBda tergovchi lavozimda ishlashini aytib, fuqaro E.G‘. shaxsiy hayotiga oid sir saqlanishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarni oshkor qilish hamda jinoiy javobgarlikka tortish bilan qo‘rqitib, undan 300 AQSh dollari talab qilgan.

E.G‘. yordam berishni iltimos qilganida paytdan foydalanib undan 200 AQSh dollari, 225 ming so‘m bo‘lgan plastik kartochkasi va narxi 950 ming so‘mga teng RedMI A5 rusumli mobil telefonini olib qo‘ygan.

Olingan ma’lumotga asosan joriy yil 16-avgust kuni IIV o‘z havfsizligi boshqarmasi viloyat bo‘yicha bo‘limi hamda jinoyat qidiruv boshqarmasining mas’ul xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

O‘zini IIB xodimi “Sardor” deb tanishtirgan shaxs boshqaruvida bo‘lgan Matiz rusumli avtomashina to‘htatib tekshirib ko‘rilganida, avtomashina saloni va yukxonasida fuqaro E.G‘ ga tegishli bo‘lgan plastik kartochka, qo‘rqitish yo‘li bilan uning nomidan yozilgan tushuntirish xati borligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan surishtiruv ishlari davomida ushbu fuqaroning asl ismi boshqa ekanligi, ichki ishlar idoralari tizimida umuman faoliyat yuritmasligi ma’lum bo‘ldi.

Holat yuzasidan fuqaro A.A ga nisbatan 2019-yilning 16-avgust kuni Andijon shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 165-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. 17-avgust kuni sudda ayblanuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilinib, shu kundan boshlab unga nisbatan jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi tomonidan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkent viloyatida 2023-yilda 9 ming gektar maydon qisqartirilib, 25 sotixdan aholiga beriladi
Mahalliy
Toshkent viloyatida kelin qaynonasiga 20 marta pichoq urdi (video)
Dunyo
Eronda mamlakat terma jamoasining JChdagi mag‘lubiyatini nishonlagan yigit otib o‘ldirildi