Bu nom hamisha Piskent tumani Cho‘loqqo‘rg‘on mahallasi ahli orasida bahs-munozaraga sabab bo‘lib kelgan. Shu boisdan Xalq deputatlari Piskent tumani Kengashining 56-sessiyasida bu masala keng muhokama qilindi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi, deb yozadi “Piskent hayoti”
““Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonunni amalga oshirish hamda toponimik obyektlarga nom berish bo‘yicha Toshkent viloyati komissiyasining xulosasiga asosan, “Cho‘loqqo‘rg‘on” MFY nomi “Do‘ngqo‘rg‘on” MFY deb o‘zgartirildi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)