Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram kanali Senatning 21-yalpi majlisida qanday qonunlar ko‘rib chiqilishi haqida ma’lumot berdi.
21-yalpi majlisda ko‘rib chiqiladigan qonunlar quyidagilar:
— “Ona suti bilan oziqlantirishni qo‘llab-quvvatlash hamda go‘daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to‘g‘risida”gi;— “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi;— “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi;— “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi.
Shuningdek, kun tartibiga xalqaro shartnomalarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi hamda ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunlar kiritilgan.
Izoh (0)