Joriy yil 17-avgust Samarqand shahridagi 41 va 30-sonli avtobus yo‘nalishlarida harakatlanayotgan haydovchilar asossiz ravishda yo‘lovchilarga yo‘l haqi oshirilganini e’lon qilgan.
Facebook’dagi “Samarkand city” guruhida joylashtirilgan fotolarga ko‘ra, e’londa yo‘l haqi 1500 so‘m deb ko‘rsatilgan.
Ushbu noqonuniy harakati uchun 31-yo‘nalish haydovchisi kechirim so‘radi.
“Eslatib o‘tamiz, Samarqand viloyatida yo‘l haqi oshirilgani yo‘q. Bugungi kunda yo‘l haqi 1200 so‘mni tashkil etadi”, — deyiladi Zarnews xabarida.
Izoh (0)