O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov 22-avgust kuni Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning taklifiga binoan Shali shahrida bunyod etilgan masjidning ochilish tadbirida ishtirok etish uchun jo‘nab ketdi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibiga hukumat vakillari, ulamolar, mudarrislar va OAV vakillari kiritilgan.
Ushbu nufuzli marosimda davlat va din arboblari, muftiylar, taniqli islom ulamolari, soha mutaxassislari va ekspertlar ishtirok etadi. Shuningdek, masjidning ochilish marosimida turli yo‘nalishlardagi diniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu masjid o‘zbek me’morlari tomonidan loyihalashtirilgan va Markaziy Osiyoga xos uslubda qurilgan.
Izoh (0)