Marvel kinokompaniyasi prezidenti Kevin Faygi O‘rgimchak odam haqidagi filmlarga prodyuserlik qilmaydi, chunki u franshizaning navbatdagi qismini suratga olgan Sony Pictures studiyasi bilan moliyaviy kelishuvga erisha olmagan. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: Columbia Pictures

Kelishmovchilik pul tufayli yuzaga kelgan. Disney O‘rgimchak odam haqidagi bo‘lg‘usi filmlar Sony va Marvel tomonidan teppa-teng moliyalashtirilishini va daromad ham xuddi shunday bo‘linishini istagan.

Ammo Sony o‘z katta ko‘lamli franshizasi bilan bo‘lishishni xohlamay, Disney foydaning besh foizini qo‘lga kiritishini ko‘zda tutuvchi avvalgi shartnomani saqlab qolishni taklif etgan.