Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan yangi 2019/2020-o‘quv yili uchun umumiy o‘rta ta’lim maktablariga sinf jurnallari va boshqa hujjatlarni yetkazib berish ishlari boshlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

Vazirlik tomonidan maktablarga jami 247 372 dona sinf jurnali yetkazib beriladi. Jumladan, ta’lim muassasalariga 1—4-sinflar uchun 99 440 dona, 5—9-sinflar uchun 108 840 dona, 10—11-sinflar uchun 39 092 dona sinf jurnali yetkazib berilmoqda.

Bundan tashqari, maktablarga baholar tabeli, to‘garak mashg‘ulotlari jurnali kabi boshqa hujjatlar ham yetkaziladi.

Yangi o‘quv yilining boshidan (4-sentabrdan) barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quv jarayonida foydalanish uchun sinf jurnallari bilan to‘liq ta’minlanadi.

Ta’kidlash joizki, joriy yilda sinf jurnallarini tayyorlash jarayonida ularni dizayn va sifat jihatidan zamon talablariga javob berishi, o‘qituvchilar uchun qulaylik yaratishiga alohida e’tibor qaratildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Eron oliy rahnamosi Yevropa davlatlarida Qur’onning yoqib yuborilishiga munosabat bildirdi  
Moliya
2022-yilda O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari rekord darajadagi 17 mlrd dollarga yetdi
Mahalliy
Fotogalereya: O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi tarixiy aloqalar