Chilonzorda ta’magirlik qilgan IIV soxta xodimi qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda IIBB matbuot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea 17-iyul kuni sodir bo‘lgan. Chilonzordagi oliy ta’lim muassasalaridan birining talabasi bo‘lgan 25 yoshli Biloliddin O. 29 yoshli Sardor A.ga o‘zini “jinoyat qidiruv xodimi” deb tanishtirgan.
Shundan so‘ng, u fuqaroni o‘g‘irlangan buyumlarni sotib olganlikda ayblab, sodir etgan jinoyati uchun ko‘z yumishini va jinoiy javobgarlikka tortmasligi uchun 100 dollar so‘ragan.
Biloliddin O. Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida talab qilingan pulni olish vaqtida qo‘lga olingan. Holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)