Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ratger universitetidagi amerikalik olimlar smartfonlar ish yoki o‘qishdan chalg‘ishga yordam bermasligini, aksincha, miyani yanada charchatishini aniqladi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Olimlar 414 nafar talaba ishtirokida eksperiment o‘tkazdi. Ko‘ngillilar tanaffusdan avval va keyin maxsus testlardan o‘tdi. Bundan tashqari, ishtirokchilarning bir qismi vazifalarni dam olmasdan bajardi.

Qo‘llarida telefon bilan dam olgan talabalarning fahm-idroki tanaffussiz o‘qigan guruhniki bilan deyarli bir xil darajada bo‘lgan.

Umuman olganda, tanaffus paytida smartfondan foydalangan talabalar  topshiriqlarni gajetsiz vaqt o‘tkazganlarga nisbatan 22 foizga yomonroq bajargan.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, bu smartfonni kuzatishdek oddiy harakat ham odamni xabarlarni tekshirish, boshqalar bilan aloqa qilish, yangi ma’lumotni qabul qilish haqida doimiy o‘ylashga majbur qilish bilan bog‘liq.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?