Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyada fitosanitariya sertifikatiga ega bo‘lmagan besh kilogrammdan ortiq meva va sabzavotni pochta orqali yuborish, qo‘l sumkasi yoki yuk jamadonida olib kirish taqiqlandi, deb xabar beradi “News.tj”.

Foto: “Gazeta.uz”

Foto: “Gazeta.uz”

Besh kilogrammdan ortiq yuk uchun Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining bojxona chegarasida (Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya)  tegishli hujjatlari talab qilinadi. Agarda hujjat bo‘lmasa, mahsulot qaytarib yuboriladi yoki egasining hisobidan yo‘q qilinadi.

Bundan tashqari yangi qoidalarga ko‘ra, hujjatsiz, ichida 15 tadan ko‘p bo‘lmagan uch dastadan ortiq gullarni, barg yoki o‘simliklarni olib kirish mumkin emas. Taqiq bayram archalari va daraxt shohlariga ham tegishli.

Taqiq nafaqat samolyotlarga, balki barcha turdagi transport vositalariga — kemalar, yo‘lovchi vagonlari, avtomobillar, vagon-restoranlar, shuningdek, pochta jo‘natmalariga tegishli.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Andijonda 127 ming nafar ishsiz fuqaro mavjud. Har yili yana 50 ming nafar yoshlar mehnat bozoriga kirib keladi” — prezident 
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-fevraldan metan zapravkalar faoliyati tiklanadi
Mahalliy
Jizzax, Samarqand, Farg‘onada elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, qariyb 250 mln so‘m zarar yetkazgan tadbirkorlar ushlandi