Xitoyning Syuanchjou shahrida yashovchi Chjan Sitszyan o‘zining noodatiy qobiliyati — qulog‘i bilan shamlarni o‘chira olishini namoyish qildi, deb xabar beradi Knews.
Xitoylik bu maqsadda stetoskopdan tayyorlangan maxsus qurilmadan foydalanadi. Chjan qurilmaning bir uchini quloqlariga tiqib, ikkinchi uchini shamlarga keltiradi. So‘ngra burnini qo‘li bilan yopib, og‘zidagi havoni quloqlari orqali tashqariga chiqaradi. Erkakning aytishicha, u buni qilishga imkon beradigan fiziologik xususiyat bilan tug‘ilgan.
Sitszyan namoyish vaqtida 59 soniyada 120 ta shamni o‘chira olgan. U o‘z rekordini yangilab, bir daqiqada 200 ta shamni o‘chirishni rejalashtirmoqda.
Izoh (0)