Tanzaniya sharqidagi Morogoro shahrida benzovoz portlashi oqibatida halok bo‘lganlar soni 95 kishi kishiga yetdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shifoxonaga olib borilgan odamlarning ham bir nechtasi vafot etgan. Shu bilan birga ko‘plab jabrlanuvchilarga tibbiyot muassasasidan javob berib yuborilgan.
10-avgust kuni Morogoroda benzovoz ag‘darilib ketgan edi. Uning ichida bo‘lgan yoqilg‘i esa to‘kilib ketgan. Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, fojia mashina atrofida to‘plangan odamlardan biri sigaret chekkanidan so‘ng sodir bo‘lgan.
Izoh (0)