15-avgust kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanidagi shu nomli ko‘chada joylashgan 27-uy oldida patrul-post xizmati xodimi 6 ta egasiz karton qutini ko‘rib qoldi va bu haqda tuman IIBga xabar berdi.
Voqea joyiga IIV portlovchi buyumlarni zararsizlantirish otryadi mutaxassislari zudlik bilan yetib keldi.
Tekshiruv chog‘ida bo‘sh qutilar shu uyda joylashgan poyabzal do‘koniga tegishli ekanligi aniqlandi.
Izoh (0)