Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Podmoskovyeda favqulodda qo‘ndirilgan “Ural havo yo‘llari” aviakompaniyasining A321 layneri uchuvchilarini davlat mukofotlariga tavsiya etish haqidagi farmonni imzoladi, deb yozadi “RBK”.
Medvedevning ta’kidlashicha, ekipajning mohirona xatti-harakatlari tufayli aviafalokatning va yo‘lovchilar halokatining oldi olingan.
Bosh vazirning qo‘shimcha qilishicha, voqea joyida hodisa sabablarini aniqlash bo‘yicha komissiyalar ishlaydi.
15-avgust kuni “Ural havo yo‘llari” aviakompaniyasining A321 layneri Podmoskovyening Ramenskiy tumanidagi makkajo‘xori dalasiga favqulodda qo‘nishni amalga oshirgan. “Jukovskiy—Simferopol” yo‘nalishi bo‘yicha parvozga ko‘tarilgan samolyot chaykalar galasi bilan to‘qnashgan.
Izoh (0)