“Rostov” klubining o‘zbekistonlik hujumchisi Eldor Shomurodov “Krilya Sovetov”ga qarshi kechgan o‘yindagi (1:0) g‘alabadan so‘ng fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: “Rostov” matbuot xizmati

— Bu mavsumdagi to‘rtinchi golingiz. Ulardan qaysi biri ko‘proq yoqdi?

— Barchasi yoqadi. Ayniqsa jamoang g‘alaba qozonsa. Shu sabab, “Krilya” darvozasiga urilgan gol o‘ziga xos muhim bo‘ldi.

— Siz va “Rostov” uchun mavsum ajoyib boshlandi. Bu faoliyatingizdagi eng yaxshi startmi?

— Ha, shunday desak ham bo‘ladi.

— Siz Dzyuba va Sobolyov bilan tenglashib oldingiz. To‘purarlar poygasini kuzatib borasizmi?

— O‘yinda gol urish men uchun muhim. Men hujumchiman va bu mening ishim.

— Ikkinchi bo‘lim jamoa uchun yaxshi o‘tmagandek...

— Raqib mag‘lubiyatga uchrayotgandi, shu sabab bizga bosim qilishga va oldinga o‘tishga urindi. Biz ham qarshi hujumlarda gol urmoqchi bo‘ldik, biroq vaziyatlar bo‘lgan bo‘lsa-da to‘p kiritish nasib etmadi.

— 40 yil avval “Paxtakor” futbolchilaridan iborat samolyot halokatga uchragan edi...

— Ha, men golimni “Paxtakor-79”ga bag‘ishlayman, — deydi O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!