PSJ klubi Neymarga o‘rinbosar qidirishga jiddiy kirishdi, deya xabar qilmoqda Сalciomercato.
Parijliklar rahbariyati “Yuventus” hujumchisi Paulo Dibalaga Neymarning o‘rinbosari sifatida qaramoqda. PSJ argentinalik futbolchi transferi borasidagi muzokaralarga jiddiy kirishgan.
Eslatib o‘tamiz, Dibala ushbu transfer mavsumida “Manchester Yunayted” va “Tottenhem”ga o‘tishga yaqin edi. Biroq mazkur muzokaralardan naf bo‘lmadi.
Avvalroq PSJ muxlislari “Nim”ga qarshi kechgan o‘yinda haqoratli qo‘shiqlar va bannerlar orqali Neymarning ketishini talab qilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)