Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Kaspiy iqtisodiy forumida qo‘shni davlatlarga “Kaspiy” innovatsion shahrini barpo etishni taklif qildi. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
“Biz texnologik va innovatsion start uchun haqiqatan ham muhim platformani shakllantirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz. Shu maqsadda xalqaro innovatsion-texnologik markaz barpo etishni taklif qilamiz. Uni “Kaspiy” innovatsion shahri deb atash mumkin. Bu yerda, o‘ziga xos g‘oyalar laboratoriyasida Kaspiybo‘yi hamda boshqa davlatlar olimlari, fundamental va amaliy fan mutaxassislari Kaspiy uchun yangi texnologik reja yaratish ustida birgalikda ish olib bormoqda”, — dedi Berdimuhamedov forumning ochilishida so‘zlagan nutqida.
Berdimuhamedov so‘zlariga ko‘ra, innovatsion shaharda raqamli klasterlar yaratiladi.
Turkmaniston yetakchisi bunday shaharni qayerda barpo etish mumkin ekanligiga aniqlik kiritmagan.
Izoh (0)