Meksikaning Guanaxuato shtatining Irapuato shahridagi bilyardxonaga qurolli hujum uyushtirildi, deb xabar bermoqda La Jornada. Oqibatda 8 kishi halok bo‘lgan, 3 kishi yaralangan.
“TASS”ning yozishicha, ikki kishi kasalxonaga olib ketilayotganda, yana ikki nafari kasalxonaning o‘zida vafot etgan. Halok bo‘lganlar orasida ikki nafar voyaga yetmagan shaxs ham bor.
Hozirda hujum nima maqsadda amalga oshirilgani ma’lum qilinmagan, jinoyatchilar qo‘lga olinmagan.
Izoh (0)