Toshkentda 10 yil avval ya’ni 2009-yil 29-avgustda bedarak yo‘qolgan Ikrom Rahmonov Ahmadjonovich qidirilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 1977-yilda tug‘ilgan Ikrom Rahmonov Ahmadjonovich, 2009-yil 29-avgust kuni o‘zining davlat raqam belgisi 10 N 096 VA bo‘lgan Matiz rusumli avtomashinasida uyidan chiqib ketgan va qaytib kelmagan.
Belgilari: oq futbolka va shorti kiygan.
“U haqida biror bir ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslardan “102”, 71-232-30-40, 71-232-40-50 telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishini so‘raymiz”, deyiladi xabarda.
Izoh (0)