Toshkent viloyatida o‘zaro janjal oqibatida mast bo‘lgan mezbon uyidagi mehmonni yog‘och bo‘lagi bilan jarohatladi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
9-avgust kuni soat 21:10 larda Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumani, “Taraqqiyot” mahallasi, Saylgoh ko‘chasida yashovchi 34 yoshli S.R. mast holda o‘zaro janjal tufayli uyida mehmonda bo‘lgan tanishi 35 yoshli M.X.ning boshiga yog‘och bo‘lagi bilan urib, jarohat yetkazgan.
Natijada M.X. kasalxonaga yotqizilib, S.R. ushlangan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)