4-avgust, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Superkubogi doirasida Yevropa Chempionlar Ligasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” klubi o‘tgan mavsum oltin dublga erishgan Xosep Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” bilan bahsga kirishdi.
Bellashuvning 12-daqiqasida “shaharliklar” yarim himoyachisi Rahim Sterling hisobni ochgan bo‘lsa, 77-daqiqaga kelib “qizillar” himoyachisi Joel Matip Virjil van Deyk uzatgan to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi (1:1).
Uchrashuvning asosiy vaqti durang natija bilan yakunlandi.
Penaltilar seriyasida esa “Manchester Siti” “Liverpul”ni mag‘lub etib, Angliya Superkubogini qo‘lga kiritdi.
Angliya Superkubogi
4-avgust, yakshanba
“Liverpul”—“Manchester Siti” 1:1 (penaltilar seriyasi — 4:5)
Gollar: 0:1 — 12 Sterling, 1:1 — 77 Matip“Liverpul”: Alisson, van Deyk, Gomes, Robertson, Aleksander-Arnold (Matip, 67), Fabinyo (Keyta, 67), Henderson (Lallana, 79), Veynaldum, Firmino (Shakiri, 79), Saloh, Origi (Oksleyd-Chemberlen, 79)
“Manchester Siti”: Bravo, Otamendi, Uoker, Stounz, Zinchenko, Bernardu Silva, Silva (Gundo‘g‘on, 61), Sterling, de Bryuyne (Foden, 89), Sane (Gabriel Jezus, 13), Rodri Ernandes
Ogohlantirishlar: de Bryuyne (33)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)