Adliya vazirligi tomonidan so‘nggi vaqtlarda aholida “Qurol to‘g‘risida“gi qonun bilan bog‘liq 5 tushunmovchiliklar sabab yuzaga keladigan savollarga aniqlik kiritildi.
Javoblar bitta infografikada aks ettirildi, 5 ta savollar quyidagilar:
1. Yangi qonun qurol bo‘yicha qanday yengilliklar beradi?
Hech qanday. Aksincha bugungi kundagiga qaraganda ko‘plab cheklovlar va yangi tartiblar kiritadi. Masalan, endilikda elektroshoker va gazli qurollarni faqatgina ruxsatnoma olgandan keyin sotib olish mumkin. Ilgari bunday cheklov mavjud emas edi.
2. Fuqarolar endilikda o‘zi istagan qurolni sotib olishi mumkinmi?
Aslo yo‘q. Yangi qonun bu masala qat’iy cheklovlarni o‘rnatdi.
Fuqarolar faqat ov, sport va o‘zini himoya qilish maqsadida elektroshoker va gazli qurollarni ruxsatnoma asosida xarid qilishi mumkin.
Bunda ov qurolidan faqat ov maqsadida, sport qurolidan faqat sport musobaqalari va mashg‘ulotlarida foydalanish mumkin.
Fuqarolar boshqa turdagi qurollarga egalik qilishlari qat’iyan taqiqlanadi.
3. Qonun qabul qilinishdan ilgari ham fuqarolar qurol sotib olishi mumkinmidi? Yoki bu yangilikmi?
Bu yangilik emas. Fuqarolar shu kunga qadar ham ov, sport, pnevmatik qurollarni ovchilik jamiyatlari va sport do‘konidan sotib olish mumkin edi.
Yangi qonunda fuqaroviy qurollarni aniq tushunchalari va tasniflari belgilab berildi. Shuningdek, qurollarni sotib olish va saqlash bo‘yicha qator talab va cheklovlar qo‘yildi.
4. Fuqaroviy qurolni istalgan joyda olib yurish mumkinmi?
Mumkin emas. Qonunda fuqaroviy qurol olib yurish mumkin bo‘lmagan ob’ektlar aniq belgilab qo‘yildi. Ilgari bu masala aniq tartibga solinmagan edi.
Masalan, ommaviy tadbirlar vaqtida, ko‘ngilochar va hordiq chiqarish joylarida, ta’lim, tibbiyot muassasalarida, shuningdek, mast holda fuqaroviy qurolni olib yurish qat’iyan taqiqlandi.
5. Fuqaroviy qurollarni har qanday shaxs olishi mumkinmi?
Yo‘q mumkin emas. Qonunda qurol sotib olishi mumkin bo‘lmagan shaxslar toifasi ham aniq belgilab berildi.
Jumladan, muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklanganlar, jinoiy jazoni o‘tayotganlar, doimiy yashash joyiga ega bo‘lmaganlar, jinoyat ishi qo‘zg‘atilganlar va ilgari qurol bilan bog‘liq bo‘lgan huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar qurol sotib olish huquqiga ega emas.
Izoh (0)