Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasi xodimlari shahardagi yangi qurilayotgan binoda elektr energiyadan noqonuniy foydalanilayotganligini aniqladi. Bu haqda “Daryo”ga MIB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Tekshirish davomida mas’uliyati cheklangan jamiyatga qarashli bo‘lgan qurilishi tugallanmagan bino ta’minotchi korxona bilan shartnoma tuzmasdan, tegishli hujjatlarni rasmiylashtirmasdan elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulanib olgan.
Hisob-kitoblariga ko‘ra, MChJ ta’minotchi korxonaga 55 151 000 so‘m miqdorda zarar yetkazganligi aniqlangan.
Holat yuzasidan byuro tezkor xodimlari tomonidan dalolatnoma rasmiylashtirilgan.
Mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari noqonuniy hatti-harakat bo‘yicha pushaymon ekanligini bildirib, yetkazilgan zararni to‘liq qoplab bergan.
Izoh (0)