Cho‘kib ketgan qirg‘iz chegarachining jasadi O‘zbekiston hududida topildi, deb xabar berdi Sputnik.
Ma’lum bo‘lishicha, 19-iyul kuni harbiy xizmatchi Chotqoldagi Oqbuloq daryosiga tushib ketgan. Qidiruv ishlari 10 kundan ortiq olib borilgan.
Bu daryo O‘zbekiston tomon borgani sababli, Qirg‘iziston chegara xizmati o‘zbekistonlik hamkasblaridan yordam so‘ragan. Shu bilan birga, qidiruv ishlari Qirg‘iziston hududida ham olib borilgan.
O‘zbekiston FVV qutqaruvchilari jasadni topgan. Kuchli suv oqimi chegarachining jasadini 11 kilometr masofaga olib ketgan. Qayd etilishicha, jasad 30-iyulda Qirg‘izistonga olib borilgan.
Izoh (0)