O‘rmon yong‘inlari tufayli favqulodda holat butun Krasnoyarsk o‘lkasi va Irkutsk viloyati bo‘ylab, shuningdek qisman Buryatiyada joriy etildi. Bu haqda “Gazeta.ru” Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib xabar beradi.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘inlarning aksariyati Saxa Respublikasi (Yakutiya), Irkutsk viloyati, Krasnoyarsk o‘lkasida qayd etilgan.
Ta’kidlanishicha, yong‘inlar maydonining ko‘payishi tufayli tutun Sibir va Uzoq Sharqning boshqa mintaqalariga ham tarqalgan.
Izoh (0)