15 yoshli britaniyalik o‘smir Jeyden Eshmen sherigi gollandiyalik Deyv Jong bilan birga Fornite kompyuter o‘yini bo‘yicha jahon kubogida ikkinchi o‘rinni egalladi hamda 2,25 million dollar yutib oldi, deb xabar berdi “Gametech.ru”.
Yutuq summasi ikkala g‘olib tomonidan teng bo‘linadi.
Eshmen “Wolfiez” taxallusi ostida chiqish qilgan va BBC nashriga bergan intervyusida natijadan hayratda ekanligini ma’lum qilgan.
Turnirning yutuq jamg‘armasi 30 million dollar bo‘lib, hozirgi kunda kibersport tarixidagi eng yirik sovrin jamg‘armasini tashkil etdi.
Eshmen Fornite’ni yaqindan beri o‘ynay boshlaganini va finalchilar kabi mashhur emasligini aytib o‘tgan.
Uning onasi Liza Dollmanning aytishicha, o‘g‘lining ushbu o‘yinni o‘ynashi ortidan baholari pasayib ketganidan doimo uni koyib kelgan.
Kunlardan birida u hatto o‘g‘lining Xbox’ini tashlab yuborgan, endilikda esa Eshmenning kibersportchi bo‘lish tanlovini qabul qilgan.
Ommabop “qirollik janggi” bo‘yicha jahon kubogi musobaqalarida 13 yoshga to‘lgan hamda 10 ta onlayn-turnirlar istalgan o‘smir ishtirok etishi mumkin.
Izoh (0)