“Saragosa” yarim himoyachisi Alberto Soro “Real” tarkibiga kelib qo‘shildi. Bu haqda “Saragosa”ning rasmiy saytida e’lon qilindi.
20 yoshli futbolchi “Qirollik klubi” bilan 2024-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Yangi mavsumni u sobiq jamoasida ijara asosida o‘tkazadigan bo‘ldi.
Avvalroq “Real” Soro uchun 2,5 million to‘lashi haqida xabar berilgandi. “Saragosa” bonus sifatida yana 2,5 millionga ega bo‘lishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Soro 2018/19-yilgi mavsum Segundada 29 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta golga mualliflik qildi va 2 ta golli uzatma berishga erishdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)