Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

25-iyul, payshanba kuni Buenos-Ayresda bo‘lib o‘tgan jangdan so‘ng yengil vazn toifasidagi bokschi Ugo Santilyan (19 ta g‘alaba, 6 ta mag‘lubiyat, 2 ta durang, 8 ta nokaut) 23 yoshida vafot etdi. Bu haqda ESPN xabar berdi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Santilyan mazkur jangda 30 yoshli urugvaylik Eduardo Abreuga qarshi ringga ko‘tarilib, durang natija qayd etgandi. To‘rtinchi raundga keliboq Santilyanning yuzi tanib bo‘lmas darajada edi. Jangdan so‘ng u hushini yo‘qotdi va tezda kasalxonaga jo‘natildi.

“Kasalxonaga tushgan vaqtda Santilyanda buyrak yetishmovchiligi kuzatildi va u koma holatida edi. Tekshiruvlar natijasida unga miyaning ichki shishishi tashxisi qo‘yildi, u umuman hushiga kelmadi”, — dedi Hospital Agudos San Felipe shifoxonasi shifokori Gratsiella Olloko.
Ma’lumot uchun, Santilyan—Abreu jangi ham Dadashev—Matias jangi bilan bir kunda bo‘lib o‘tdi. Dadashev ham jangdan 3 kun o‘tib kasalxonada vafot etgandi. Unga ham miyaning ichki shishi tashxisi qo‘yilgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Afg‘on xalqining sabri bilan o‘ynashmang” — “Tolibon” qo‘mondonlaridan biri Eronni bosib olish bilan tahdid qildi  
Dunyo
Xitoyda qayta avj olishi kutilayotgan kovid, 3-marta saylangan Erdo‘g‘on, bir oydan beri namoyish o‘tkazayotgan hind sportchilari — 29-may suratlari
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi oshdi