Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 2019-yil 23-iyul kuni soat 13:00 larda Sirdaryo viloyatida yashovchi 51 yoshli B.X. boshqaruvidagi “Toshkent—Chinoz” yo‘nalishida qatnovchi Isuzu rusumli avtobusini tuman hududidan o‘tuvchi M-39 yo‘lida haydab ketayotib, qo‘shimcha yo‘ldan harakatlanib kelib asosiy yo‘lga chiqib kelgan 56 yoshli O.B. boshqaruvidagi MAN rusumli yuk avtomashinasining tirkamasiga urilib yo‘l-transport hodisasi sodir etgan, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qiladi.
Natijada avtobus yo‘lovchisi, Zangiota tumanida yashovchi 67 yoshli M.B. ismli ayol jarohat olib kasalxonaga yotqizilgan va avtobusda bo‘lgan qolgan 9 nafar yo‘lovchilar hech qanday jarohat olmagan.
Holat yuzasidan dastlabki tergovoldi harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)