24-iyul kuni erta tongdan Haj ibodatini ado etish uchun otlangan yurtdoshlarimizning dastlabki guruhi Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ziyoratchilar shu yilning 24-iyul — 3-avgust kunlari Toshkent—Madina, Buxoro—Madina, Namangan—Madina, Samarqand—Madina, Qarshi—Madina, Urganch—Madina hamda Nukus—Madina yo‘nalishlarida haj safariga kuzatiladilar va shu yo‘nalishlar bo‘yicha 17-avgust — 1-sentabr kunlari mamlakatga qaytib keladi.
Ziyoratchilarni Saudiya Arabistonida kutib olish, kuzatish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish ishlari Ishchi guruh hamda O‘zbekiston Respublikasining Jidda shahridagi Bosh konsulxonasi “Haj” va “Umra” masalalari bo‘yicha attashesi hamkorligida tashkil etiladi.
Izoh (0)