Bu yilgi haj mavsumida Saudiya Arabistoni hojilarga tuhfa tariqasida 1 million sim-karta va bepul internetdan foydalanish imkoniyatini yaratib beradi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu loyiha hojilarga xizmat ko‘rsatish dasturining bir qismi bo‘lib, ularga haj mavsumini xotirjam o‘tkazishlari uchun oila a’zolari va yaqinlari bilan aloqada bo‘lish imkonini beradi. Haj mavsumi davomida maxsus guruh ushbu faoliyat bilan shug‘ullanadi.
Izoh (0)