Meksika terma jamoasi hamda “Amerika” klubi himoyachisi Edson Alvares faoliyatini “Ayaks”da davom ettiradi. Bu haqda Amsterdam klubining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berildi.
Amsterdamliklar 21 yoshli futbolchi uchun 15 million yevro to‘laydigan bo‘ldi. Tomonlar 5 yillik shartnoma imzoladi.
Ma’lumot uchun, Alvares 2018/19-yilgi mavsum “Amerika” safida 46 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi. Bundan tashqari, u terma jamoa tarkibida 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta golni o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)