22-iyulda Qirg‘izistonda huquqni saqlash organlari 6 yoshli bolaning o‘limida ayblanayotgan fuqaroni hibsga oldi, deya Sputnik xabar qiladi.

Foto: Sputnik

Vafot etgan bolakayning onasi so‘zlariga ko‘ra, 12-iyul kuni uning o‘gay o‘g‘li A.P. do‘stlari bilan spirtli ichimliklar ichib uni kaltaklagan. Oqibatda ayol kishi bolani uyda qoldirib o‘zi qochib ketgan. Kechqurun uyiga qaytganida bolasining uxlab yotganini ko‘rgan. Ertalab esa bolasi uyquda emas koma holatida bo‘lganini bilib qolgan va tibbiy yordamga murojaat qilgan.

Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, A.P. 6 yoshli bolaga aroq ichirgan. Bola bir hafta davomida koma holatida yotib, o‘ziga kelmasdan 20-iyul kuni vafot etgan.

Ushbu ish yuzasidan, 31 yoshli fuqaro A.P.ga nisbatan Qirg‘iziston Jinoyat Kodeksining 138-moddasiga muvofiq, inson sog‘lig‘iga og‘ir zarar yetkazishda ayblanmoqda. Ayni damda tergov ishlari olib borilmoqda.